Sayt test rejimda ishlamoqda!
Jizzax viloyati, Zarbdor tumani, Bo’ston shaxarchasi U.Xo’jabekov ko’chasi 1-uy.
QURILISHDA SHOSHMASHOSHARLIK YARAMAYDI
20:06 27.10.2023
207
Chop etish

 

Toshkent viloyatida Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda sel-toshqinlarning oldini olish bo‘yicha bir qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilda sel-toshqinlarning oldini olish maqsadida  4 ta ob’ekt uchun  4 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi. Yil yakuniga qadar 2 dona ob’ekt foydalanishga topshirilishi  rejalashtirilgan.

Viloyatning Piskent tumanida sel-toshqinga qarshi tadbirlar yuzasidan bo‘lib o‘tgan seminarda shu haqda so‘z bordi. Unda dastlab sel-toshqinga qarshi ob’ektlarida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari bo‘yicha ma’lumot berib o‘tildi. Ayni kunlarda  “Toshkent magistral” kanalining Piskent tumanida joylashgan PK-347+00 piketidagi halokatli tashlamaning pastki qismida Angren daryosiga tutashgan qismini himoyalash” obуektida qurilish montaj yakuniga yetkazilmoqda. Ob’ektning shartnoma qiymati 975 mln. so‘m bo‘lib, loyiha smeta hujjatlari “New road water project ” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan, qurilish montaj ishlari “ Toskent suv ombori QMB” OK  tomonidan amalga oshirilmoqda.

– Mazkur qurilish obуekti juda dolzarb ahamiyatga ega, – deydi Chirchiq-Ohangaron ITHB boshlig‘i B.Qurbonov. – Suv toshqinlari yuz berganda xavfni bartaraf etishda muhim o‘rin tutadi. Shu bois uning mustahkamligiga  e’tibor qaratish zarur. Qurilishda shoshmashosharlik yaramaydi.

Seminarda “Toshkentsuvqurilishinvest” DM bosh muhandisi Sh.Mannapov so‘zga chiqib, ob’ekt uchun ajratilgan limit joriy yilda to‘liq o‘zlashtirilishi hamda qurilish ishlarini sifatli bajarish va belgilangan muddatda foydalanishga topshirilishini ta’kidladi.

Yig‘ilish yakunida “Chirchiq-Ohangaron” ITHB boshlig‘i B.Qurbonov barcha tizim tashkiloti rahbarlari, buyurtmachi va pudrat tashkiloti xodimlarini o‘z ishlariga mas’uliyat bilan yondashishga chaqirdi. Seminar ko‘tarinki kayfiyatda, baxs munozaralarga boy  tarzda o‘tdi.

 

Chirchiq-Ohangaron ITHB matbuot xizmati