Sayt test rejimda ishlamoqda!
Jizzax viloyati, Zarbdor tumani, Bo’ston shaxarchasi U.Xo’jabekov ko’chasi 1-uy.
SUV BILAN BOG‘LIQ MASALAGA ILMIY YONDOSHMOQ LOZIM
20:12 27.10.2023
173
Chop etish

 

2023-yil Davlat dasturi doirasida Toshkent viloyati suv xo‘jaligi tizimidagi 17 ta obyektda ta’mirlash-tiklash ishlari uchun 17,6 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan. Joriy yil oktyabr holatiga jami 20,4 mlrd. so‘m mablag‘ o‘zlashtirilgan. Bu yillik limitga nisbatan 82 foizni tashkil etadi.

Joriy yilning 11-oktyabr kuni O‘rta Chirchiq tumanidagi “Temir yo‘l” kollektor tarmoqlarini tizimli ta’mirlash-tiklash obyektida bo‘lib o‘tgan o‘quv-amaliy seminarda bu haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

Seminarda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini Davlat dasturiga kiritishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim jihatlarga to‘xtalib o‘tildi.

– Kanal va zovurlarni tozalashni dasturga kiritishda biz ko‘pincha yiliga qachon tozalanganligiga e’tibor qaratishga o‘rganib qolganmiz, – dedi Suv xo‘jaligi vazirligi Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari O.Sobirov. – Aslida bu to‘g‘ri emas, zovurlarni tozalashda uning sabablarni o‘rganib chiqib qazilsagina maqsadga erishilgan bo‘lardi.

Seminarda “Temir yo‘l” kollektor tarmoqlarini tizimli ta’mirlash-tiklash va bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar hamda kollektorni dasturga kiritishdan ko‘zlangan maqsad haqida fikr almashildi.

Amaliy seminarda yerlarning meliorativ holatini tahlil qilib borish, kollektor-drenaj tarmoqlaridan o‘tayotgan suvlar monitoringini yuritish, tuproqlardan namunalar olib, laboratoriya tahlilini o‘tkazib turish, shuningdek, sizot suvlar sathi va sho‘rlanganlik darajasini o‘rganib, meliorativ kartalarni tayyorlash bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.

Chirchiq-Ohangaron ITHB matbuot xizmati