Sayt test rejimda ishlamoqda!
Jizzax viloyati, Zarbdor tumani, Bo’ston shaxarchasi U.Xo’jabekov ko’chasi 1-uy.
Boshqarma haqida
22:03 01.11.2020
827
Chop etish

 

 

Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasi to‘g‘risida qisqacha

 

MA’LUMOT

 

O‘zbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirliginig 1992-yil 31-dekabrdagi №419-sonli buyrug‘i bilan – “Mirzacho‘l” birlashmasi tashkil topgan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirliginig 2013-yil 31-yanvardagi №17-sonli buyrug‘i bilan “Mirzacho‘l” birlashmasi tarkibidagi “Jizzax davlat nasos stansiyalaridan foydalanish boshqarmasi” va “Sug‘orish tarmoqlari boshqarmasi” tugatilib, ularning o‘rniga Viloyatlararo “Mirzacho‘l” nasos stansiyalaridan foydalanish boshqarmasi tashkil etilgan va 2017-yilda Viloyatlararo Jizzax bosh nasos stansiyasidan foydalanish boshqarmasi nomiga o‘zgartirildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2018-yil 12-fevraldagi PF-5330-son, «Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son farmonlarini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarori, Vazirlar Maxkamasining 3-iyuldagi 500-sonli qarori xamda Suv xo‘jaligi vazirliginig 2018-yil 3-avgustdagi №82-sonli buyrug‘i bilan Viloyatlararo Jizzax bosh nasos stansiyasidan foydalanish boshqarmasi – “Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasi” nomi berildi.

 

Bugungi kunda Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasi tarkibida Jizzax nasos stansiyalari kaskadi: 1-Jizzax nasos stansiyasi, 2-Jizzax nasos stansiyasi, 3-Jizzax nasos stansiyasi, Xovosobod nasos stansiyasi va Yangiobod nasos stansiyasi 1-2-3-4-ko‘tarmalari hamda DM-1 va DM-3 magistral kanallaridan iborat bo‘lib, Sirdaryo va Jizzax viloyati suv iste’molchilariga suv ko‘tarib berish, mavjud gidrotexnik inshootlarni, nasos agregatlarini va boshqa yordamchi uskuna qurilmalarini soz holatda saqlab turish uchun 369 ta ishchi-xodimlar ishlab kelmoqda.

 

Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi tomonidan ajratilgan suvdan foydalanish limitiga asosan Sirdaryo viloyatining Xovos tumani va Jizzax viloyatining Zomin, Zarbdor, Jizzax, Paxtakor, Forish va Yangiobod tumanlari suv iste’molchilari uyushmalariga qarashli fermer xo‘jaliklari ekin maydonlariga sugorish va nosugorish mavsumida suvni yetkazib beradi.

 

Nasos stansiyalar suvni Sirdaryo va Jizzax viloyati tumanlariga yetkazib beriladi. Shundan Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasi nasos stansiyalarga jami bog‘langan maydon 81 880 gektar, shundan 17 927 gektar paxta, 30 318 gektar g‘alla va 33 635 boshqa ekinlar.

 

Nasos stansiyalar, agregatlar va gidrotexnik inshootlardan foydalanish jarayonida Vazirlar Maxkamasining 1992-yil 7-apreldagi 147-sonli “Suv manbalarini muxofaza zonasini aniklash”, 1993-yil 3-avgustdagi 385-sonli va 1999-yil 417-sonli qarorlariga va “Gidrotexnik inshootlarning xavfsizligi to‘g‘risida”gi konunga to‘liq rioya kilinadi.