Buvayda tumanida o‘tkazilgan seminarda uchta masala muhokama etildi. Dastlab “Mixchagar” kollektorini tizimli ta’mirlash-tiklash masalasi ko‘rib chiqildi. “DANG‘ARAMAXSUSSUVPUDRAT” MChJ bosh pudratchi bo‘lgan ushbu obуektdagi qurilish-montaj ishlari uchun jami 2 238,811 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, 57 kilometr kollektor tarmoqlarini hamda 2 dona gidrotexnika inshootini tizimli ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish belgilangan. Joriy yilning 1-oktabrigacha 1 086,532 million so‘mlik ishlar bajarilgan.
– Ushbu kollektorda bugungi kunda 1 dona ekskovator ishlamoqda, – dedi A.Ahadov. – Shu kungacha jami 42,5 kilometr kollektor tarmoqlarini tizimli ta’mirlash-tiklash ishlari bajarildi.
Amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirilganda, H-4 kollektorining PK-50+00 dan PK-1+15 gacha hamda H-5 kollektorining PK-1+10 dan PK-1+60 gacha bo‘lgan qismida kollektor qiyaliklari loyiha bo‘yicha bajarilmagan. Shu bois bosh pudratchigaga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishi, shuningdek, ob’ektni belgilangan grafik asosida sifatli bajarib, o‘z muddatida foydalanishga topshirish yuzasidan ko‘rsatma berildi.
Ikkinchi masala – suv xo‘jaligi tashkilotlari metallom topshirish bo‘yicha reja-ko‘rsatkichlarining bajarilishi bo‘ldi. Ta’kidlandiki, viloyat bo‘yicha bu boradagi ko‘rsatkich ortig‘i bilan ado etilgan.
Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, meliorativ obуektlarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, ya’ni uchinchi masala muhokamasida Sirdaryo-So‘x ITHB huzuridagi Meliorativ ekspeditsiya tasarrufidagi jami 928 ta kollektor mavjud ekanligi, bugungi kunga viloyat hokimining imzosi bilan to‘liq qaror-hujjatlari tayyorlanib, kadastr palatasiga berilganligi, 33 ta ob’ektga pasport olinib, 13 tasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi ko‘rib chiqildi. Biroq, bugungi kunda mablag‘ yo‘qligi sababli kadastr ishlarini rasmiylashtirish paysalga solinayotgani achinarlidir.
Hamidjon BURHONOV,
Sirdaryo-So‘x ITHB matbuot kotibi