1-Jizzax nasos stansiyasida 7-ta nasos agregatlari mavjud, shundan 5 donasi 2400V 25/40 rusumli nasoslar VDS-375/125-24-U4 rusumli elektrodvigatellar bilan jixozlangan, 2 donasi 1600V 10/40 rusumli nasos VDS-325/59-24-U4 rusumli elektrodvigatellar bilan jixozlangan.
Ushbu nasos stansiyalari (I-kuvurning uzunligi 2260p.m., II-kuvurning uzunligi 2256m, diametri 4240mm) suvni N=23,7m balandlikga DM-1 kanaliga suv ko‘tarib beradi. 1-Jizzax nasos stansiyasiga suv Janubiy Mirzachul kanalinig PK400+00dan (uzunligi 675m) suv oqib keluvchi kanal orkali keladi.
Birinchi bosimli quvurga 2ta 10m3/s va 2ta 25m3/s lik nasos agregatlari, ikkinchi bosimli quvurga 3ta 25m3/s lik nasos agregatlari ulangan. Nasos stansiya suvni DM-1 kanaliga kutarib beradi.