Jizzax-2 nasos stansiyasi
2-Jizzax nasos stansiyasida 4 dona 2000V 16/63 rusumli nasoslar VDS-375/130-24-U4 rusumli elektrodvigatellar bilan, 2 dona 1200V 6,3/63 rusumli nasoslar VDS-325/49-16S rusumli elektrodvigatellar bilan jixozlangan.
Bu nasos agregatlari (1-quvurning uzunligi 2270m, diametri 3640mm, 2-quvurning uzunligi 2266m, diametri 4240mm) suvni po‘lat quvurlar orqali N=44,5m balandlikga DM-2-1 kanaliga ko‘tarib beradi. 2-Jizzax nasos stansiyasining suv oqib keluvchi kanali uzunligi L=1495m, 1-JM kanalining 317-PKdan suv oladi.