
Албеков Ориф Анварович
Первый заместитель начальника управления
Ta'lim: Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства
Telefon: +998-72-512-14-04
Elektron pochta manzili: jbnsb@minwater.uz
Qabul kunlari: Вторник, четверг, суббота с 8:00 до 11:00
Альбеков Ориф Анварович родился 25 марта в 1991 году в Джизакской области Заминского района. Национальность – узбек. Образование высшее, специальность – инженер-энергетик
Funksiya va vazifalar
(O‘zbekcha)
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizom bilan boshqarmaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning to‘laqonli bajarilishi uchun boshqarma boshlig‘i bilan birgalikda tengma-tenglikda shaxsan mas’ul hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustah-kamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-aprelda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida”gi PQ–2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvarda “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun boshqarma xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi.
Vazirlik hay’ati qarorlari, vazirlikning buyruqlari hamda topshiriq-lari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi;
O‘z faoliyatini har choraklik, yillik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlaydi, ularni tasdiqlash uchun kiritadi, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi
Boshqarmaga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtiradi.
Boshqarma faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun rahbariyatga kiritadi.
Vakolat doirasida hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etadi, boshqa tarkibiy tuzilmalarda tayyorlangan hujjatlar loyihalarini rahbariyatiga kiritilishidan oldin boshqarma manfaatlarini inobatga olib ko‘rib chiqadi va munosabat (viza qo‘yish) bildiradi;
Boshqarma xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qiladi, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitadi, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martda “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-ahloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 62-son qarori bilan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan buyruqqa asosan boshqarma xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlaydi.
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy Nizomda belgilangan muddat hamda tartibda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan kelib tushgan barcha murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, boshqarma tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘radi.
Boshqarmada kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda rahbariyatga takliflar taqdim etadi, professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish, Boshqarmada kadrlar zahirasini shakllantirish choralarini ko‘radi,
Boshqarmada amalda bo‘lgan tartib va yo‘riqnomalarga muvofiq ish yuritishni tezkor, aniq va to‘g‘ri olib borilishini ta’minlaydi.
Boshqarma boshlig‘i xizmat safarida, betob yoki mehnat ta’tilida bo‘lganida boshqarma faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa bo‘linmalar bilan zaruriy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda, ularning ijrosini tashkil etish va nazorat qilishda ishtirok etadi.
Boshqarmadagi bo‘sh lavozimlarga nomzodlar yuzasidan hamda boshqarmada faoliyat yuritayotgan xodimlarni rag‘batlantirish, shuningdek, mehnat va ijro intizomi qoidalarini buzilishiga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalalari bo‘yicha boshqarma rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritadi.
O‘z faoliyatiga doir kelib tushgan va boshqarma tomonidan chiqarilgan hujjatlar, shuningdek, rahbariyatning boshqarma faoliyatiga tegishli buyruqlari (qarorlari), farmoyishlarini, shu jumladan, faoliyatga oid normativ-huquqiy hujjatlarning hisobini belgilangan tartibda yuritish, saqlanish va nazorat holatida bo‘lishini ta’minlash choralarini ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida” gi qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-son “O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorining ijrosini ta’minladi.
Suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish bo‘yicha yagona siyosatni amalga oshiradi.
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, iqtisodiyotning barcha sohalarining suv bilan limit asosida uzluksiz va o‘z vaqtida ta’minlanishini tashkil etadi;
Viloyatda suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha mavjud yangi texnika va uskunalarni hamda chet el tajribalarini keng targ‘ibot qiladi.
Suv resurslarini oqilona boshqarish, suvdan samarali va tejamli foydalanish, suvning hisob-kitobini takomillashtirish va suv ta’minotini oshirish borasidagi ilmiy-tadqiqot, loyiha-qidiruv va konstruktorlik ishlarining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, ularni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etilishiga ko‘maklashadi.
Mehnat faoliyati
(O‘zbekcha)
Mehnat faoliyatini 2013-yilda Jizzax xududiy elektr tarmoqlari qorxonasi Dashtobod bo‘limi elektromonteri lavozimidan boshlagan. 2014-2015-yillarda Viloyatlararo “Mirzacho‘l” nasos stansiyalaridan foydalanish boshqarmasi ta’mirlash muxandisi, 2015-2017-yillarda Viloyatlararo Jizzax bosh nasos stansiyalaridan foydalanish boshqarmasi bosh mutaxassis, 2017-2020-yillarda Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasi boshqarmasining energetika, aloqa, avtomatika va telemexanika bo‘limi boshlig‘i.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2020-yil 5-martdagi № 66-K-son buyrug‘iga muvofiq Albekov Orif Anvarovich Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.