
Kulatov Kamol Uktamovich
Foydalanish va taʼmirlashni tashkil etish bo‘yicha bosh muhandis
Ta'lim: Jizzax Davlat pedagogika instituti
Telefon: +998-67-350-28-71
Elektron pochta manzili: jbnsb@minwater.uz
Qabul kunlari:
Kulatov Kamol Uktamovich– 1983 yil 19 noyabrda Jizzax viloyati Zomin tumanida tavallud topgan. Maʼlumoti oliy, mutaxassisligi –kasb taʼlimi. 2004 yil Jizzax Davlat pedagogika institutini tamomlagan. Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasining 2023 yil 17 maydagi №-67-son buyrug‘iga muvofiq Kulatov Kamol Uktamovich Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasi foydalanish va taʼmirlashni tashkil etish bo‘yicha bosh muhandis lavozimiga tayinlangan.
Funksiya va vazifalar
1.1. Boshqarma tomonidan ishlab chiqilgan qaror, buyruqlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarda belgilangan ko‘rsatmalarga amal qiladi
1.2. Bo‘limning yillik, oylik va choraklik rejalarni ishlab chiqarishda boshqarma raxbariyati bilan xamkorlikda ishtirok etadi.
1.3. Nasos stansiyalarni muntazam ishlashi uchun agregatlarga texnik xizmat ko‘rsatish xamda taʼmirlash ishlarini tashkil qilish uchun extiyot qismlar zaxirasini yaratish maqsadida talabni aniqlab, texnologik karta asosida meʼyoriy sarf xarajatlardan oshmasligini taʼminlaydi.
1.4. Nasos stansiyalarida agregatlarni buzilishi va avariya xolatlarini o‘rganish uchun ishchi gurux tarkibida ishtirok etib, mutaxassssis sifatida agregatlarga texnik xujjatlar tuzadi.
1.5. Nasos stansiyalarda sug‘orish va nosug‘orish vegetatsiya davri davri uchun tub, joriy taʼmirlash grafiklarini ishlab chiqadi va boshqarmaning ishlab chiqarish bo‘limiga amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlarini o‘z vaqtida topshirilishini taʼminlaydi.
1.6. Boshqarmaning taʼmirlash ustaxonasiga kiruvchi taʼmir talab agregatlarni ro‘yxatdan o‘tkazib, kerakli extiyot qismlari ro‘yxatini agregat avariya dalolatnomasiga asosan tuzadi.
Shuningdek, agregatlarni sifatli taʼmirlab texnik xizmat ko‘rsatilishini nazorat qiladi.
Mehnat faoliyati
Mehnat faoliyatini 2004 yilda Ravot ISTB da xaydovchi lavozimidan boshlagan. 2007-2013 yillarda Viloyatlararo “Mirzachul” birlashmasi yetakchi muxandis, bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i, 2013-2014 yillarda Viloyatlararo “Mirzacho‘l” birlashmasi qarashli Sug‘orish tarmoqlari boshqarmasida reja ishlab chiqarish bo‘limi mutaxassis. 2013-2016 yillarda Zarbdor tumani zaif eshituvchi bolalar maxsus maktab internatida yetakchi xisobchi, 2016-2018 yillarda Viloyatlararo “Mirzacho‘l” nasos stansiyalaridan foydalanish boshqarmasi bino va inshootlarni taʼmirlash bo‘yicha yetakchi muhandis. 2018-2023 yillarda Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasi nasos stansiyalaridan foydalanish sektori boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasining 2023 yil 17 maydagi №-67-son buyrug‘iga muvofiq Kulatov Kamol Uktamovich Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasi foydalanish va taʼmirlashni tashkil etish bo‘yicha bosh muhandis lavozimiga tayinlangan.