Sayt test rejimda ishlamoqda!
Jizzax viloyati, Zarbdor tumani, Bo’ston shaxarchasi U.Xo’jabekov ko’chasi 1-uy.
Normamatov Farxod Gayratovich
09:09 26.10.2023
306
Chop etish

Normamatov Farxod Gayratovich

Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari

Ta'lim:

Telefon: +998-72-512-12-21

Elektron pochta manzili: jbnsb@minwater.uz

Qabul kunlari: Seshanba,payshanba,shanba soat-8:00 dan 11:00 gacha

Нормаматов Фарход Гайратович – 1988 йил 9 майда Жиззах вилояти Зомин туманида таваллуд топган. Маълумоти – олий, мутахассислиги –сув хўжалиги ва мелиорация.
2015 йил Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институтини тамомлаган. Жиззах бош насос станцияси бошқармасининг 2024 йил 18 апрелдаги №82-сон буйруғига мувофиқ Нормаматов Фарход Гайратович Жиззах бош насос станцияси бошқармаси бошлиғи ўринбосари лавозимига тайинланган.

Funksiya va vazifalar


Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizom bilan boshqarmaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning to‘laqonli bajarilishi uchun boshqarma boshlig‘i bilan birgalikda tengma-tenglikda shaxsan mas’ul hisoblanadi;

Boshqarma va o‘z faoliyat yo‘nalishini takomillashtirish bo‘yicha takliflar, jumladan buyruqlar loyihasini ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun Boshqarma boshlig‘iga kiritadi.

O‘z faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017 yil 11 apreldagi PQ–2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun Boshqarma xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘radi.

Vazirlikning va boshqarma boshlig‘ining buyruqlari hamda topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi.

Boshqarmaning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlaydi, ularni tasdiqlash uchun kiritadi, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minladi.

O‘z faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha Boshqarmaga yuklatilgan vazifalar bajarilishini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi.

Boshqarma faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun boshliqqa kiritish;

Boshqarma xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilaydi.

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida vazir tomonidan tasdiqlanadigan vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etadi va tizimida odob-axloq qoidalariga amal qilish chorlarini ko‘radi.

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy Nizomda belgilangan muddat hamda tartibda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan kelib tushgan barcha murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.

Avtotransport vositalaridan maqsadli va samarali foydalanish choralarini ko‘radi. Avtortransport vositalarining yoqilg‘i moylash va ularni maqsadli rejali ishlatilishini ta’minlash chorlarini ko‘radi.

Davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda Qonun hujjatlari talablariga rioya qiladi.

Nizomga asosan yuklatilgan vazifa va funksiyalar bo‘yicha boshqarma ishini muvofiqlashtiradi.

Boshqarmadan chiqadigan xat va hujjatlarni xatosiz, talablarga mos qilib tuzilishini hamda yozishma ishlarini olib borilishini yo‘lga qo‘yadi va nazorat qiladi.

O‘z faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha boshqarmaga yuklatilgan vazifalarning to‘laqonli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, boshqarma xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi.

Boshqarma Nizomi va Ish rejasi asosida uning ish tarzi va uslublarini takomillashtirish, ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini belgilaydi va amalga oshiradi.

Boshqarmada amalda bo‘lgan tartib va yo‘riqnomalarga muvofiq o‘z faoliyati doirasida ish yuritishni tezkor, aniq va to‘g‘ri olib borilishini ta’minlaydi.

Magistral kanallar, yirik gidrotexnik inshootlar va boshqa suv obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini jadallashtirish, suv resurslarini hisobga olish tizimini yaxshilash choralarini ko‘radi.

Boshqarma xodimlari bilan birgalikda irrigatsiya tizimlaridan foydalanish bo‘yicha joylardan olingan oylik, chorak va yillik ma’lumotlarni umumlashtiradi, taxlil qiladi, hulosa va taklif kiritadi. Yillik hisobotlarni tayyorlaydi.

Irrigatsiya tizimlaridan foydalanishdagi harajatlarini hisob-kitob qilishni va smetalarni tayyorlashni ta’minlaydi;

Boshqarmaning ish rejalarini, mutaxassislarni shaxsiy ish rejalarini tuzishni ta’minlaydi, ularni bajarilishini nazorat qiladi;

Boshqarmani oldida turgan masalalari yechimi bo‘yicha boshqarma boshlig‘iga taklif kiritadi.

Suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini ta’minlash tizimini modernizatsiya qilish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsion va innovatsion texnologiyalarni joriy etadi.

Suv xo‘jaligi tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, ularni zamonaviy texnika va mexanizmlar bilan ta’minlash choralarini ko‘radi.

Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zaruriy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda, ularning ijrosini tashkil etish va nazorat qilishda ishtirok etadi.

Boshqarma boshlig‘iga xodimlarning yaxshi ishlaganliklari uchun taqdirlash hamda berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarmaganliklari, mehnat va ijro intizomini buzganliklari uchun intizomiy jazo choralarini qo‘llash haqida taklif kiritadi.

Suv xo‘jaligi vazirligi rahbariyatiga quyi tashkilotlarni yuqori organlar tomonidan chiqarilgan qonun, buyruq va ko‘rsatmalariga zid holda chiqargan buyruq va ko‘rsatmalarini o‘zgartirish yoki bekor qilish haqida taklif kiritadi.

Mehnat faoliyati


Меҳнат фаолиятини 2010-2011 йилларда Жиззах шахар АТ Халқ банки Жиззах вилоят филиали банк операциялари инкассатор. 2016-2017 йилларда Сирдарё-Зарафшон ирригация тизимлари хавза бошқармаси диспетчер. 2017-2018 йилларда Жиззах бош насос станцияси бошқармаси 2-ЖНС етакчи муҳандис. 2018-2024 йилларда Жиззах бош насос станцияси бошқармаси “Жиззах-2” насос станцияси бошлиғи.
Жиззах бош насос станцияси бошқармасининг 2024 йил 18 февралдаги №82-сон буйруғига мувофиқ Нормаматов Фарход Гайратович Жиззах бош насос станцияси бошқармаси бошлиғи ўринбосари лавозимига тайинланган.