
Uralov Nizom Fayzullayevich
Boshqarma boshlig‘i
Ta'lim: Toshkent Arxitektura va qurilish instituti
Telefon: +998-72-512-13-27
Elektron pochta manzili: jbnsb@minwater.uz
Qabul kunlari: Dushanba,chorshanba,juma soat-8:00 dan 11:00 gacha
Uralov Nizom Fayzullayevich – 1975 yil 15 aprelda Jizzax viloyati Jizzax tumanida tavallud topgan. Millati –o‘zbek, ma’lumoti oliy, Mutaxassisligi – gidrotexnika qurilishi. 1997 yil Toshkent arxitektura kurilish institutini tamomlagan. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 13-iyundagi № 123-son buyrug‘iga muvofiq Uralov Nizom Fayzullayevich Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Funksiya va vazifalar
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etadi.
Boshqarma hududiy bo‘limlari faoliyatining umumiy boshqaruvini amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari hamda Vazirlikning tegishli hujjatlari bilan mazkur bo‘limlarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etadi.
Hududiy bo‘limlarning faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishilishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshiradi.
Boshqarmasining tarkibiga kiruvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlash-tirish va nazorat qilidi.
Suv xo‘jaligi kengashining hay’at qarorlari, vazirning buyruqlari va uning o‘rinbosarlarini topshiriqlari, mahalliy davlat boshqaruvi organlarining qaror va farmoyishlari o‘z vaqtida sifatli ijro etilishini ta’minlaydi.
Boshqarma vakolati va faoliyat doirasiga kiradigan masalalar bo‘yicha mahalliy davlat boshqaruvi organlari, kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan o‘zaro hamkorlik qilidi.
O‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida xizmat vazifalarini taqsimlash, hududiy tashkilotlar boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, o‘z o‘rinbosarlari va boshqarma hududiy bo‘limlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining hududiy tashkilotlar faoliyatining ayrim yo‘nalishlari uchun shaxsiy mas’ullik darajasini belgilaydi.
Boshqarma hududiy bo‘limlarining faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Boshqarmasining hududiy bo‘limlari va o‘z o‘rinbosarlarining choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning amalga oshirilishi yuzasidan nazoratni ta’minlayydi.
Boshqarma hududiy bo‘limlariga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratish, hududiy bo‘limlarda kadrlar zaxirasini shakllantiradi.
Boshqarma hududiy bo‘limlarini boshqarma nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarining bo‘sh o‘rinlariga mahalliy davlat boshqaruvi organlari tomonidan tavsiya qilingan, shuningdek, ishga qabul qilinayotgan boshqa xodimlarning kasbiy mahorati, bilim darajasi, amaliy tajribasi va yuqori darajadagi ishchanlik va axloqiy-ma’naviy fazilatlari kafolatlanganligini ta’minlaydi.
Hududiy bo‘limlar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida qolishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida takliflar kiritish, ularning xizmat vazifalari va berilgan topshiriqlar bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Hududiy bo‘limlar xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq Namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari xodimlarining odob-axloq Namunaviy qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlaydi.
Boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari miqyosida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida»gi Qonuni talablariga muvofiq, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, ularning yuzaga kelishiga sharoit yaratuvchi sabab va shartlarni aniqlash, tahlil qilish, amaldagi qonunchilikni takomillashtirish uchun takliflar kiritish yo‘li bilan ularni bartaraf qilish va ularga qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi.
Boshqarma va uning hududiy bo‘limlar prognoz ko‘rsatkichlar so‘zsiz bajarilishini muntazam tahlil qilish va boshliq o‘rinbosarlariga (shu jumladan, birinchi o‘rinbosarga) hududiy bo‘limning belgilangan ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga yo‘naltirilgan qo‘shimcha choralarni qabul qilish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Hududiy bo‘limlar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning hisobotlarini eshitish, yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘radi.
Hududiy bo‘limlar faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatishning samaradorligi, sifati va ulardan foydalanish imkoniyatlarining mavjudligini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31 martdagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga muvofiq olib borish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot o‘rnatish, ularni shaxsan qabul kilishni muntazam ravishda o‘tkazish, shu jumladan, belgilangan muddatda va tartibda fuqarolar va yuridik shaxslarning vakillarining joylarda qabul qilinishini yo‘lga qo‘yadi.
Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga asosan ularning faoliyatida faol ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan arizalarni o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqadi.
Hududiy bo‘limlar xodimlariga mukofotlar, lavozim maoshiga qo‘shimchalar, moddiy yordam, rag‘batlantirish to‘lovlarini to‘lash va intizomiy choralar qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish, xodimlarni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risida Vazirlikka takliflar kiritadi.
Davlat sirlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan maxfiy ma’lumotlar toifalariga kiritilgan ma’lumotlar himoyasini ta’minlaydi.
Mehnat faoliyati
Mehnat faoliyatini 1990 yilda «Meva-sharbat» ilmiy ishlab chiqarish korporatsiyasi. Jizzax tajriba xo‘jaligida dala ishchisi lavozimidan boshlagan. 1992-1997 yillarda Toshkent Arxitektura va qurilish instituti, talabasi bulgan. 1997-2007 yillarda 7-son Qurilayotgan korxonalarni birlashgan direksiyasi. 1-toifali muxandis, reja ishlab chikarish bo‘limi boshlig‘i, bosh muxandis, 2007-2010 yillarda Viloyatlararo «Mirzacho‘l» birlashmasi yetakchi muxandis, reja ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i, 2010-2013 yillarda Viloyatlararo «Mirzachul» birlashmasiga qarashli Sug‘orish tarmoqlari boshqarmasi boshlig‘i, 2013-2015 yillarda Viloyatlararo “Mirzacho‘l” nasos stansiyalaridan foydalanish boshqarmasining Magistral kanallar va yirik gidrotexnik inshootlardan foydalanish sektorining bosh mutaxassisi, sektor boshlig‘i, 2015-2023 yillarda Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 13-iyundagi № 123-son buyrug‘iga muvofiq Uralov Nizom Fayzullayevich Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.