
Utamurodova Xusniya Abdullayevna
Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha bosh mutaxassis
Ta'lim: Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti
Telefon: +998-72-512-12-07
Elektron pochta manzili: jbnsb@minwater.uz
Qabul kunlari:
Utamurodova Xusniya Abdullayevna – 1965-yil 27sentyabrda Sirdaryo viloyati Guliston shaxrida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy, mutaxassisligi – injener-texnolog.
Funksiya va vazifalar
Bo‘lim boshlig‘iga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish, jumladan Bo‘limga yuklatilgan vazifalarni xodimlar o‘rtasida taqsimlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017 yil 11 apreldagi PQ–2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tegishli mutasaddilarning mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘radi
Boshqarma boshlig‘ining buyruqlari hamda topshiriqlari ijrosini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rish;
Boshqarmaning, Bo‘limning har choraklik va yillik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash choralarini ko‘rish, ularni tasdiqlash uchun Boshqarma boshlig‘iga kiritish, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘radi.
Boshqarma nomenklaturasiga asosan suv xo‘jaligi sohasiga davlatimiz tomonidan berilayotgan e’tibordan kelib chiqqan holda yetarli bilim va tajribaga ega, mavjud imkoniyatlarni to‘g‘ri baholay oladigan, sohani rivojlantirishga har jihatdan munosib bo‘lgan tashabbuskor, salohiyatli nomzodlarni tanlash bilan bog‘liq ishlarni tashkil qilish;
Tashkilotlarni malakali xodimlar bilan ta’minlash, mutaxassislarning bilim va tajribalaridan to‘la foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, layoqatli va umidli yoshlarni rahbarlik ishlariga jalb etish bo‘yicha choralar ko‘radi.
Boshqarma nomenklaturasi talablaridan kelib chiqib, vazirlik markaziy apparati va tegishli tashkilotlarning rahbarligi uchun istiqbolli kadrlar zahirasini yaratishni tashkil qiladi.
Boshqarma asosiy nomenklaturasidagi xodimlarning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildini yuritish, ularning faoliyatini tahlil qilish va baholashda ishtirok etadi.
Boshqarma markaziy apparati xodimlarini, boshqarma asosiy nomenklaturasida bo‘lgan rahbarlarni ishdagi yutuqlari uchun rag‘batlantirish yoki yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun tegishli choralar ko‘rish yuzasidan mutasaddilar bilan hamkorlikda takliflar tayyorlaydi.
Tashkilotlar tomonidan kadrlar, xujjatlar va murojaatlar bilan ishlashga oid O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlarining, Hukumat qarorlarining bajarilishi holatini nazorat qilinishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga kadrlar faoliyatiga oid kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini t’minlaydi.
Xodimlarning shaxsiy tarkibga oid buyruqlari, mehnat daftarchalari, shaxsiy yig‘majildlarini va boshqa hujjatlarini belgilangan tartibda yuritilishini ta’minlaydi.
Tizim tashkilotlarda kadrlar, xujjatlar va murojaatlar bilan ishlash faoliyatiga metodik rahbarlik qilish va ish samaradorligini tanqidiy tahlil qilib, tahlil natijalariga ko‘ra zarur chora-tadbirlar ishlab chiqish, jumladan, sohaga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda qatnashadi.
Xodimlarni ijro va mehnat intizomi, ichki mehnat tartib qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat olib borish, suv xo‘jaligi sohasi rivoji uchun munosib xizmat ko‘rsatayotgan xodimlarni O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga tavsiya etish yuzasidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishni tashkil etadi.
Bo‘limga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qiliadi va muvofiqlashtiradi.
Bo‘lim faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun Boshqarma boshlig‘iga kiritadi.
Boshqarmada va nomenklaturagan olingan lavozimlarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda boshliqga takliflar taqdim etish, professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va ma’naviy-ahloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini ko‘rish, kadrlar zaxirasini shakllantiradi.
Boshqa tarkibiy tuzilmalarda tayyorlangan hujjatlar loyihalarini boshqarma rahbariyatiga kiritilishidan oldin bo‘lim manfaatlarini inobatga olib ko‘rib chiqadi va munosabat (viza qo‘yish) bildiradi.
Bo‘limning xizmat safarlarini samarali tashkil qilish, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanish choralarini ko‘radi.
Kadrlar, xujjatlar va murojaatlar bilan ishlovchi xodimlarning faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini olish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilash;
Mehnat faoliyati
Mehnat faoliyatini 1988-yilda Jizzax kooperativ bilim yurti amaliyoti ustasilavozimidan boshlagan. 1992-1995-yillarda Jizzax non zavodi laboratoriya mudiri,“Sharq” aksionerlik jamiyati iqtisodchisi,1996-1998-yillarda Viloyatlararo «Mirzacho‘l» birlashmasi 2-toifali muxandisi, 1998-2013-yillarda Viloyatlararo “Mirzacho‘l” birlashmasi xodimlar bo‘yicha inspektor.
Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasining 2013-yil 1-apreldagi № 449-son buyrug‘iga muvofiq Utamurodova Xusniya Abdullayevna Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimiga tayinlangan.